Birinchi EKU

O‘zbekistonda probirkadan «tug‘ilgan» birinchi bola 20 yoshda. Mamlakatimizda EKUning paydo bo‘lishiga doir tarixiy kadrlar haligacha saqlanib qolgan. Biz ushbu faktni chetlab o‘ta olmadik va probirkadagi ilk homiladorlikka daxldor bo‘lgan inson, bizda EKU muolajasining «otasi» reproduktolog Husan Asadovga murojaat qildik.

Guljnora va Husan Asadovlar

Husan Asadov
Urolog-androlog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali shifokor, 2009 yilda «EKU, IKSI dasturi» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti urologiya va operativ nefrologiya kafedrasi dosenti. Yaponiyaning Fukusima universiteti «Andrologiya va yordamchi reproduktiv texnologiyalar» dasturi bitiruvchisi. Germaniya, AQSh, Rossiya va Turkiyada reproduktologiyani o‘rgangan. 2001 yilda Markaziy Osiyodagi ilk YANGI INSON reproduktiv klinikasini tashkil etgan.

O‘zbekistonda EKU voqeasi qanday boshlandi?

Yaponiya va AQShda ikki yil davomida bepushtlikni davolash hamda sun’iy urug‘lantirishning yangi usullarini o‘rganib qaytganimdan so‘ng O‘zbekistonda reproduktiv salomatlik markazini ochish taklifini berdim. O‘sha paytdagi sog‘liqni saqlash vaziri Feruz Nazirov g‘oyamni qo‘llab quvvatladi.

Shu tariqa 1999 yilda Akusherlik va ginekologiya instituti hududida EKU markazini ochishga qaror qilindi. Yangi loyiha «Sog‘lom avlod uchun» dasturiga kiritildi. Loyiha xalqaro kredit va shaxsiy mablag‘lar evaziga moliyalashtirildi.

2000 yilning mart oyi – EKU markazining ochilishi.
Shu vaqtdan boshlab yurtimizda ushbu soha rivojining hisoboti boshlandi.

 

O‘zbekistonda EKU yordamida birinchi bola tug‘ilishi voqeasi qachon sodir bo‘ldi?

U qiz edi. 2001 yilning 5 yanvar’ kuni tug‘ildi. Klinikaga naylar genezi muammosi bilan er-xotin murojaat qildi. Tug‘ruqni Akusherlik va ginekologiya markazi direktori professor Jaxongir Qurbonov qabul qilgan. Shu tariqa institut rahbariyati homiladorlik faqat EKU yordamida sodir bo‘lishi mumkinligiga ishonch hosil qilgandi.

Akusher-ginekolog Jahongir Qurbonov

Nima uchun dunyoda EKUning dushmanlari bor?
Odamning tug‘ilishi yashash huquqi va qadr-qimmati, tanlov huquqi, maxfiylik, tibbiy aralashuv, inson sha’nini hurmat qilish, genetik merosini saqlash, shaxs daxlsizligi kabi falsafiy, diniy, axloqiy-etik muammolar bilan bog‘liq. Bu masalalarning yagona yechimi yo‘q. Bundan tashqari, sifatli tibbiy yordam zarur.
EKU holatida munozaralar ko‘proq «ortiqcha» embrionlar, ya’ni ularning holati va huquqlari, eng avvalo, yashash huquqining noaniqligi borasida paydo bo‘ladi.
Embrionlarni bachadonga olib o‘tish muolajasining o‘zi, shuningdek, embrionda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini inobatga olish, qaysi biri aniq embrionni ko‘chirib o‘tkazishni rad etish huquqini berishi kabi tanlov mezonlarini ajratib olish murakkabdir.
«Ortiqcha» embrionlar haqidagi masalaning yechimi o‘zak hujayralarda biologik va tibbiy tajriba o‘tkazish sanoati bilan chambarchas bog‘liq.

 

 EKUdan o‘tgan 3 foiz atrofidagi bemorlar bolaning tug‘ilishi haqida ma’lumot bermaydi.

Nima uchun jamiyatimizda oilalar EKUdan tug‘ilgan farzand haqida sir saqlashni afzal ko‘radi?

O‘zbekistondagi bepusht oilalar turli sabablarga ko‘ra, nafaqat reproduktiv muammolarini, balki EKU yordamida tug‘ilgan bola haqidagi faktni ham yashiradi.
Ko‘pincha har bir juftlikning reproduktiv holati uchun mas’uliyat aynan ayollar zimmasiga tushadi. Farzandlari va ona bo‘lgan odatiy oilaga qarab, boshqa oilalarni yomonotliqqa chiqarishadi. Farzand ko‘rishni istamaydigan yoki unga qodir bo‘lmagan ayollarni yana kamsitishadi.

Ginekolog Guzal Azizova
Embriolog Sharifa Kistubaeva

O‘n minglab hodisalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, homilador bo‘lish usuli bolalar salomatligiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

EKU jahon miqyosida qanchalik dolzarb va talabgir?
Puliser markazi va PRI The World kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda farzand ko‘rishni istaydigan, lekin bunga jismonan qodir bo‘lmagan geteroseksual juftliklar soni 100 milliondan ortiq. Tadqiqotlar ikkilamchi bepushtlik ko‘proq uchrashini ko‘rsatmoqda. 1978 yilda probirkadan chiqqan birinchi bola tug‘ilganidan buyon sakkiz milliondan ortiq bola YoRT yordamida dunyoga kelgan.

Muolajaning narxi qancha?
Daniya, Isroil va Yaponiyada har 25 bolaning bittasi EKU va boshqa sun’iy urug‘lantirish usullari natijasidir. Data Bridge kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, EKU xizmatlari bozori global miqyosda o‘smoqda, 2020 yilda AQShdagi 25 mlrd dollarlik ko‘rsatkich 2023 yilda 30,96; 2026 yilda esa 41 mlrd dollarga yetadi.
Shaxsiy hisob-kitob va tahlilimga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda 25 mingdan ortiq ayol va 7 ming nafar erkakka bepushtlik tashxisi qo‘yilgan. Har yili 6 mingga yaqin juftlik Turkiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya kabi xorijiy davlatlarga EKU muolajasini o‘tkazish uchun boradi.
Bunday sayohat taxminan 10 ming AQSh dollariga tushadi. Shuncha bemorlarimiz kerakli darajadagi mutaxassislar, ixtisoslashtirilgan klinikalar, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalarning taqchilligi tufayli, davlatimiz tashqarisiga chiqishga majbur.

 

Interv’yu: Farangiz Alieva
Arxiv surati: Ernest Kurtveliev

 

 1,462 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии