Ayolning ustuvor maqsadlari

0

«Hech kim senga o‘zingchalik ta’sir qilolmaydi. Yoshim 70 da va men hamon sog‘lom fikrlayman», deydi Svetlana Inomova ayollar, oynali shiftlar va ustuvor maqsadlar haqida so‘zlarkan.

Svetlana Inomova, «Sog‘lom avlod uchun» xayriya jamg‘armasi raisi. Ixtisosligi bo‘yicha anesteziolog-reanimatolog. Andijon pediatriya shifoxonasini boshqargan. 1994 yilda «Sog‘lom avlod uchun» ordenini olgan. 2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2013 yilda esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» unvoniga ega bo‘lgan.

Nima qildim va yana nimalar qilishim kerak, deb ko‘p o‘ylayman.Rossiyada o‘qishni xoxlaganman. Moskvadagi Patris Lumumba nomidagi filologiya institutiga o‘qishga kirdim. Imtihonlarsiz, suhbat asosida. U yerda qolishni rejalashtirgandim. Ota-onam qaytib kelishimni qat’iy talab qilishdi. Otam qarorimdan norozi edi. Unga bo‘ysundim. Kelib, tibbiyot institutiga kirdim. Afsuslanmayman. Hayotdagi qiziqishim, baribir shifokorlik. Ota-onam ham tibbiyot xodimlari. Ularning ishini davom ettirdim.
Institutni tugatib, Andijon shahar shifoxonasining anesteziologiya va reanimasiya bo‘limiga mudirlik qildim. Bir vaqtning o‘zida Andijon davlat tibbiyot institutida dars berdim. Moskvada shifokorlar malakasini oshirish institutida o‘qidim.

Anesteziolog-reanimatolog kasbi diqqatni jamlashni o‘rgatdi. Hamjihat ishlash uchun bemor bilan alohida muloqot o‘rnatish kerak. Odamlarga nafim tekkanini anglaganim sayin ishimga muhabbatim va o‘zimga ishonchim orta bordi.
Vrezka: Farzandlarim men bilan shifoxonada – tungi navbatchilikda katta bo‘ldi. Uch stavkada ishlashimga to‘g‘ri kelardi
Tibbiyotdan tashqari meni har doim jamoat ishlari o‘ziga tortib kelgan. Ona shahrimda xalq deputatlari shahar kengashida deputat bo‘lgan kezlarim – 1988 yili ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi qurilishida ishtirok etdim, keyinchalik uni boshqardim. Ushbu tibbiyot maskani Andijondagi yetakchi muassasalardan bo‘ldi. Bu yerga Nikolay Rijkov, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov kelib ketgan.
Farzandlarim shifoxonada katta bo‘ldi. Uch stavkada ishlardim, ular esa men bilan tungi navbatchilikda qolishardi.

13 yil o‘tib, 2011 yilda «Sog‘lom avlod uchun» xayriya jamg‘armasi raisligiga tayinlandim. Shifokorlik faoliyatim ortda qoldi va men sog‘liqni saqlash sohasi tashkilotchisiga aylandim. Ilmiy faoliyatimni ham davom ettirdim. O‘z vaqtida Andijonda immunologiya bo‘yicha aspiranturani sirtdan tugatgan edim. 2003 yilda virusologiya bo‘yicha nomzodlik ishimni yoqladim. Yaponiya, AQSh va Rossiyada sog‘liqni saqlash sohasini tashkil etish bo‘yicha tahsil oldim va olgan bilimlarimni amalda qo‘lladim.

«Sog‘lom avlod uchun» fondi
Jamg‘armamiz 1993 yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etildi. 20 yildan buyon fond xalqaro tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik qilib keladi. Jumladan, Friedensdorf International (Germaniya), Vision Care (Koreya Respublikasi), Turkiyadagi «Acibadem» klinikalar tarmog‘i va boshqa xorijiy klinikalar. Fond muhtoj oilalarga har bir operatsiyadan keyin bepul davolanish imkonini beradi va dori-darmon bilan ta’minlaydi. 422 nafar bemor Germaniyadagi klinikalarda operatsiya qilingan va tiklanish bosqichidan o‘tgan.
Aksariyat bolalar turli kuyish oqibatlariga ega – oyoq-qo‘llardagi harakatning cheklanishi, ichki a’zolar nuqsonlari – ular nogironlikka mahkum etilgan.Ota-onalarning ehtiyotsizligi natijasida, bola ustiga qaynoq suv to‘kib yuboradi. Otasi yopishni unutgan gaz balloni portlashi oqibatida terisi 90% kuyadi. Onasi idishini yopmagan va baland joyga qo‘yilmagan uksus yoki kimyoviy moddalarni ichib qo‘ygan bolakayning oshqozoni kuyadi.
O‘zimiz davolaymiz, deydigan ota-onalar shifokor maslahatisiz farzandlariga keraksiz dorilarni beradi. Sog‘liqqa mislsiz zarar yetkaziladi. Kasallik to‘xtamaydi, balki kuchayadi. Natijada bizga og‘ir ahvolda tushadi.
Majruh bolani ko‘rganimda, onasidan sababini so‘rayman. Ona esa befarqlik bilan “Mana, ko‘rmay qolibmiz”, – deydi. Hech qanday afsussiz. Ushbu befarqlikdan fig‘onim falakka ko‘tariladi. Andijon shifoxonasida ishlaganimda, 60% bolalar jonlantirish bo‘limiga ota-onasining harakatsizligi bilan kelib tushardi. “Balki o‘tib ketar” degan niyat bilan ayanchli ahvolgacha yetkazishardi.

Farzandli bo‘lish – uning hayoti uchun yuksak mas’uliyat his etish degani.
Farzandlaringizni asrang. Ushbu sohada ishlash asnosida katta tajribaga ega bo‘ldim. Biz hech qachon sheriklarimizga pand bermaganmiz. Ilgari fondimizni qo‘llaydigan homiylarimiz ko‘p edi. Hozir ancha kam. Moliyaviy ko‘mak bo‘lmagandan keyin qiyin. Mahalliy homiylar faqat o‘z mahsuloti bilan yordam bera oladi. Pul mablag‘larini esa ko‘proq xorijiy homiylar ajratishadi. Afsuski, bu hammaga yetmaydi.
Yordam uchun tadbirkorlarimizga murojaat qilmoqchi edim. Hamma joyda katta qurilishlar ketyapti, ularni yirik xoldinglar quryapti. Ularning oldiga borib, yordam so‘rashning ilojisi yo‘q. Yordam berishni uyat deb bilishadimi, bilmadim. Chet ellik vakillar bolalarimizga yordam qo‘lini cho‘zib turgan bir paytda, o‘zimiznikilar bunga shoshmayapti. Fondimiz bironta dasturni chala tashlab ketmadi. 28 yildan buyon shaffof ishlaymiz, hech kimning manfaatlariga xizmat kilmaymiz.

 Ko‘pincha ota-onalarning sovuqqonligi va ehtiyotsizligi tufayli bolalar baxtsiz hodisaga uchraydi
60% bolalar aynan ota-onasining harakatsizligi tufayli, jonlantirish bo‘limiga tushadi

2004 yilning 28 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandim. Bir vaqtning o‘zida senator va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishladim. Ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan shug‘ullandim. Ishonchni oqlash uchun qo‘rquvlarim bilan kurashishga to‘g‘ri kelardi. Oldimda butun mamlakatning ayollar va ular muammolariga munosabatini butkul o‘zgartirish hamda yangicha nuqtai nazarni shakllantirish vazifasi turardi.
Ko‘plab davlatlarda bo‘ldim. Ko‘plab anjuman va simpoziumlarda, jumladan, ikki marta N’yu-Yorkda BMT minbarida ma’ruza qildim. ShHTda ishtirok etdim.
Ikki tarixiy davr – sobiq ittifoq va mustaqil davlatchilik chorrahasidagi tashkilotchilik faoliyati maktabini o‘tadim.

Asosiy muammo xodimlarni yig‘ish edi. Gohida hasad va kamsitilishga uchradim. O‘z axloqiy qoidalaringga sodiq qolish juda muhim. O‘zimga va xodimlarimga talabchanman. Oshna-og‘aynigarchilik va sovuqqonlikni yomon ko‘raman.Menga ota-onam va maktabim tomonidan “a’lochi bo‘lish qoidasi” singdirilgan. Ammo u har doim ham yordam bermaydi. U bilan yashashimga to‘g‘ri kelyapti.

Uyda mutlaqo boshqacha sharoit hukmron. Atrofimda farzandlarim va nabiralarim. Ularning dunyoqarashiga qoyil qolishdan charchamayman.
Nevaralarimga hamma narsaga ruxsat beraman, ular meni boshqarishadi.

Mehnatsevarlik va vijdonlilik, kimdandir o‘ch olmay, hasadsiz, aldovlarsiz yashash ayolga oilada va ishda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi.
Inkor etmayman: ba’zi tig‘iz vaziyatlarda men ham o‘zimni bir me’yorda ushlashga qiynalaman. Aslida ayollar boshi uzra oynali shiftni o‘zi quradi va mana shu ularning chegarasi ekaniga ishonadi. Yo‘q. Agar xohish bo‘lsa, hamma ishni uddalash mumkin!
Biz ayollar erkaklar bilan bir qatorda ijodkormiz. Buni tan olish kerak. Biz uchun er, farzand va atrofdagilar birinchi o‘rinda, miyamizda esa yagona fikr aylanadi: «Qanday qilib oila va jamoadagi muhitni yaxshilash mumkin?» Shu maqsadda ba’zan shoshib, mehnatimiz natijasini ko‘rolmay yuramiz. Ammo bugun ekkan urug‘imiz ertaga, albatta, unib chiqadi.

Aslida ayollar boshi uzra oynali shiftni o‘zlari qurib oladi

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish