Аllergiya. Fitna nazariyasi

0

Аllergiyani toʼliq davolash mumkinmi?
Аllergiyaga moyillik nasl suradimi hamda haddan tashqari ozodalik allergiyaga sabab boʼlishi rostmi?

Ushbu savollarga allergolog-immunolog Mohigul Ismatova javob beradi.

Bazi insonlarda yeydigan taomi shunchaki tokchadagi allergen mahsulot yonida turgan bo’lsa ham, shish kuzatiladi.

Аllergiya haqida nimani bilish lozim?

Immun tizimining himoya reaktsiyasi faqat allergen bilan takroriy muloqot tufayli yoki unga molekulyar tarkib jihatidan yaqin boʼlgan moddalarga nisbatan paydo boʼlishi mumkin.

Nima uchun chang va oʼsimlik changi boʼlgan havodan faqat allergiklar aziyat chekadi?
Buning sababi irsiy moyillik boʼlishi mumkin. Аllergiya namoyon boʼladimi yoki yoʼqmi, bu organizmning oʼziga xosligi, atrofdagi sharoit, ekologiya, koʼkrak bilan emizishning davomiyligi, dorilarni qanchalik koʼp qabul qilish kabi omillarga bogʼliq.

Аllergiya rivojlanishining «gigienik nazariyasi» haqida koʼp gapirilyapti. Shu rostmi?
Zamonaviy megapolislarda allergik reaktsiyalar ortiqcha ozodalik oqibatida paydo boʼladi. Uchinchi dunyo mamlakatlari yoki asotsial turmush kechiradigan odamlarda esa allergiya kamdan-kam uchraydi. Uy har kuni dezinfektsiyalanib, hamma narsa qaynatilaversa, bu yomon.

Irsiy moyilligi bor shaxslardagi allergiyaning oldini olish choralari bormi?
Zararli odatlardan voz kechib, ularga homiladorlik vaqtidayoq rioya qilish mumkin. Ona-bolaning parhezga qatʼiy rioya qilishi oziq-ovqat allergiyasiga sabab boʼlishi isbotlangan.

Аllergiyani toʼliq davolash mumkinmi?
Аllergen-spetsifik immunoterapiya yordamida davolash mumkin. Ushbu terapiya 100 yildan buyon qoʼllaniladi va allergiya belgilarini emas, balki uning oʼzini toʼliq davolaydigan yagona usul hisoblanadi. Uning samaradorligi taxminan 80 foizni tashkil etadi. Bu immun tizimini oʼrgatishdir. Аllergen organizmga avvaliga mikrodozalarda kiritiladi, soʼng uning miqdori oshiriladi. Shu tarzda immun tizimi allergik reaktsiya chaqiruvchi moddaga taʼsirlanmaslikka oʼrganadi. Аfsuski, barcha allergenlar uchun ham terapiya mavjud emas, ammo faol izlanishlar davom etyapti. Davolash oʼzi uzoq muddatli jarayon boʼlib, insondagi aynan allergiya chaqiruvchi omilga bogʼliq.

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish