aboutjournal image

Biz haqimizda

Bu salomatlik, hayot sifati haqida onlayn-platforma va jurnal. Mutaxassis shifokorlar tomonidan maslahatlar, tibbiy xizmatlarni taqdim etadigan klinikalarning yo'riqnomasi, shifokorlar bilan intervyular - bularning barchasini bizning media sahifalarimizda topishingiz mumkin.
vektor

Anatomika haqida

Bugungi kunda, tibbiyot masalalariga oid mutlaqo har qanday ma'lumot mavjud bo'lishiga qaramay, baribir vakolatli hamda ishonchli mutaxassisdan oqilona va ob'ektiv maslahatga ehtiyoj bor. Ijtimoiy tarmoqlardagi yuzlab, minglab nashrlar va sahifalar orasidan mustaqil ravishda yaxshi shifokor yoki klinikani topish oson ish emas, ammo bu masalada ittifoqchiga aylana oladigan ANATOMICÁ kabi OAV mavjud. Bizning platformamiz aholining tibbiy savodxonligini va mamlakatdagi tibbiy xizmatlarga boʻlgan ishonchni oshirish maqsadida yaratilgan. Tahririyat muhim ijtimoiy masalalarni ko‘tarish bilan birga, jamiyatimizni oldinga siljishiga to‘sqinlik qilayotgan noto‘g‘ri qarashlar haqida gapiradi. Tahririyat nafaqat O‘zbekiston tibbiyotini ommalashtirish togʻrisida, balki poliklinikalar, sog'lomlashtirish kurortlari, tibbiyot yutuqlari, sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan insonlar haqida gapirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. ANATOMICÁ platformasi mamlakatdagi bemorlar, shuningdek, O‘zbekistonga kelgan yoki xorijda tibbiy xizmatlarni izlagan, butun dunyo bo‘ylab sayohatchilar e’tiborini jalb qilish uchun qimmatli axborot va marketing platformasini taqdim etadi. Loyiha dolzarb mavzular, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar, eksklyuziv intervyular, mahalliy va xorijiy sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan maxsus loyihalarni qamrab oladi. Bizning media platformamizda siz har doim hamkorlarimiz taqtim etadigan xizmatlarga yoqimli chegirmalarni yoki kosmetika do'konlarining kutilmagan takliflarini topishingiz mumkin. Biz bilan bo'ling va biz sizga g'amxo'rlik qilamiz. Bosh muharrir Barno Ikrаmova

Jurnalga buyurtma bering yoki obuna bo'ling

icon-payme
clickclick

Hamkorlar

Veb-saytdagi reklamangizni joylashtirishni xohlaysizmi?

Biz saytning interaktiv qismida va eng ko'p o'qiladigan joylarda reklama uchun joy ajratdik. Biz bilan biznesingizni barchaga taniting

ad-banner

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz

© 2020-2024, Anatomica jurnali. Barcha huquqlar himoyalangan.